Xususan, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida boshqarma boshlig‘i A.Xudaynazarov yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik va keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda barcha soha xodimlarining hissasi tahsinga sazovor ekanligi xususida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng, bayram munosabati bilan boshqarmadagi faoliyati davomida o‘zining samarali mehnatlari, tashabbuskorligi, sohasidagi qonun hujjatlarini hayotga tatbiq etishdagi faolligi bilan namuna bo‘layotgan, yurt obodligi yo‘lida hissa qo‘shayotgan xodimlar boshqarma tomonidan tashakkurnoma va sovg‘alar bilan munosib taqdirlandilar.
Tadbir so‘ngida so‘zga chiqqanlar barchaga ezgu tilaklarini bildirgan holda o‘z tashakkurlarini izhor etishdi.






