Har hafta o‘tkazilayotgan fuqarolar qabullari orqali mutasaddilar aholining murojaatlari bilan alohida ishlab, muammolarini o‘z vaqtida hal etilishiga erishib kelnmoqda.
Bugun ham Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi va unda soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan batafsil o‘rganb chiqildi.
Unda murojaatchilarning aksariyat qismini viloyat hududi chegarasida joylashgan, o‘z hududida qurilish ishlarini amalga oshirayotgan tadbirkor va aholi vakillari tashkil etib, ularga mutaxassislar tomonidan shaharsozlik norma va qoidalari yuzasidan zaruriy ma’limotlar taqdim etildi.




