Xodimlarning kasbiy va intellektual salohiyatini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini, tafakkurini muntazam mantiqiy rivojlanishga qaratilgan “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Unda, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining “Arxitektorlar” hamda «ToshkentboshplanLITI» davlat muassasasining “Shaharsozlar” jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan ushbu bellashuvdagi savollar dolzarb mavzularni qamrab olgan bo‘lib, ishda va xayotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan hamda kelgusida har bir ishtirokchining saviyasini yana-da mustahkamlashga qaratilgan. Mazkur bellashuv davomida bilimdon, zukko va tezkor tafakkur egalari o‘z salohiyatlari bilan ajralib turdilar.






