Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilayotgan mazkur qabulda hozirga qadar 200 dan ziyod aholi vakillarining ruxsatnomalar olish va qurilishni amalga oshirish tartibi, o‘z hududini xususiylashtirish, konservatsiya va rennovatsiya hududlarini aniqlash, qo‘shnilar roziligisiz qurilayotgan obyektdan norozi fuqarolar, bosh rejadagi qizil hududga aniqlik kiritish, hamda infratuzilma bilan bog‘liq bir qator murojaatlar kelib tushdi.
Ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida har bir murojaat mas’ullar va mutaxassislar tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi hamda ularga huquqiy jihatdan tushuntirishlar berilib, joyida hal etildi. Ayrim murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.











