Arxitektura va qurilish sohasi vakillari!

O'qish kerak

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 431-sonli “Arxitektura va qurilish sohasi faxriylariga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari kengashi o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.

Shu munosabat bilan, Kengash tomonidan soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan, arxitektura va shaharsozlik yo‘nalishida oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan fidoyi mutaxassislar a’zolikka taklif etilmoqda.

Ma’lumot uchun: Bugungi kunda 908 nafar mutaxassis faxriylar safiga qabul qilingan. Ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tizimli ravishda sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Nomzodlar uchun belgilangan talablar:

Ish staji: erkaklar uchun kamida 25 yil, ayollar uchun 20 yil;
Ma’lumoti: arxitektura yoki qurilish yo‘nalishida oliy yoki o‘rta maxsus;
Maqomi: faxriy unvoni bor-yo‘qligidan qat’iy nazar;
Faoliyati: nafaqada yoki hozirda ishlayotgan bo‘lishi mumkin.

Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

faxriylikka qabul qilish bo‘yicha ariza;
ma’lumotnoma (obyektivka);
shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID-karta yoki pasport) nusxasi;
diplom nusxasi;
tashkilot tomonidan berilgan tavsiyanoma;
3×4 o‘lchamdagi fotosurat (4 dona).

Hujjatlarni quyidagi elektron manzilga yuborishingiz so‘raladi:
faxriylarkengashi@bk.ru

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun mutaxassis K.Zohidov bilan bog‘lanishingiz mumkin. Tel: +998 (90) 021-34-50.

- E'lonlar -spot_img

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

- E'lonlar -spot_img
So'nggi xabarlar

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi Ochiqlik indeksida “yashil” toifadan joy oldi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2025-yilda davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligini baholashga...
- E'lonlar -spot_img

More Articles Like This

- E'lonlar -spot_img