Xususan, seminarda Korrupsiya — davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid ekanligi haqida so‘z yuritildi.
Bu illatga qarshi kurashishda 2026-yilni “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha favqulodda ishlash yili” ham muhim voqealardan biri bo‘lganligi, bundan asosiy maqsad Korrupsiyaning oldini olish va uni bartaraf etishda yangi, samaraliroq usullardan foydalanish lozimligi hamda korrupsiyaga qarshi kurashning ustuvorligini va unga nisbatan barcha resurslar safarbar etilishi haqida ta’kidlab o‘tildi.
Shunday ekan, sohada faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar korruptsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurashish lozimligi, shuningdek, tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar yaratib berilayotgan shart-sharoitlarga nisbatan o‘zining Vatanga sadoqati hamda halol va pok mehnati bilan javob qaytarishi lozimligi haqida yana bir bor ogohlantirildi.





