Matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimligi, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi rahbariyati, “Toshkent Invest Kompaniyasi” AJ , Yo‘l harakatini tashkil etish markazi, Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi kabi bir qator tashkilot vakillari hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida dizayn-kod konsepsiyasi, uning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati taqdim etildi. Unda shahar muhitini yaxlit, estetik va tartibli shakllantirish, tashqi ko‘rinish, peshlavha va reklama joylashtirish, fasadlar va jamoat makonlarini tartibga solish bo‘yicha asosiy yondashuvlar muhokama qilindi.
Shuningdek, dizayn-kodni ishlab chiqish asoslari, uni joriy etish bosqichlari va mexanizmlari, tarixiy muhitni saqlash, obodonlashtirish standartlari hamda jamoat makonlarini rivojlantirishga oid masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.


