Ta’kidlab kelinayotganidek, boshqarmada rahbariyat qabuli ham tashkil etilib, bugungi qabul Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Bosh muhandis Jasur Rahimov hamda soha mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida Mirzo Ulug‘bek, Shayxontohur va Yashnobod tumanlaridan kelgan aholi vakillarining muammoli murojaatlari tinglandi.
Unda fuqarolar o‘z hududida amalga oshirmoqchi bo‘layotgan qurilish ishlariga qo‘shnilarning noroziligi, o‘z xonadonini bo‘lish masalasi, konservatsiya hududida joylashgan xonadonlar hamda loyihani amalga oshirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar kabi mazmundagi murojaatlardan iborat bo‘ldi.
Bildirilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, qonunchilik doirasida huquqiy fuqarolarga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi hamda ayrim murojaatlarni qayta o‘rganib chiqish yuzasidan mutaxassislarga tegishli topshiriqlar berildi.





