Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida aholi murojaatlarini o‘rganish hamda ularga yechim topish maqsadida doimiy ravishda fuqarolar qabuli o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur qabul jarayonida tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi vakillari hamda loyiha tashkilotlarining 40 dan ziyod murojaat va shikoyatlari batafsil ko‘rib chiqildi.
Qabulda ko‘tarilgan asosiy masalalar:
- konservatsiyaga tushgan hududlarni aniqlashtirish;
- aholi roziligisiz boshlangan qurilish ishlari;
- ruxsatnomalar berish tartibi;
- turar-joyni noturarga o‘tkazish masalasi;
- shuningdek, qizil hududga tushganlar kelgusida ushbu hududda qaday ishlarni amalga oshirish mumkinligi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida kelgan fuqarolardan iborat bo‘ldi.
Kelib tushgan murojaatlarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushunchalar berilib, ayrimlari tegishli tashkilotlarga yo’naltirildi.





