Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Yashnobod tumani, “Cho‘lpon”MFY, Paxlavon Maxmud 2-tor ko‘chasi, 7/1-uy manzilidagi obyektda olib borayotgan qurilish ishlari yuzasidan videomurojaat Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganildi va quyidagilar ma’lum qilinadi:
Unga ko‘ra, Toshkent shahar hokimining 2024-yil 29-noyabrdagi “Toshkent shahri tumanlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida namunali “Mahalla markazlari”ni sinov tariqasida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 877-14-0-Q/24-sonli maxsus qaroriga asosan Yashnobod tumani, “Cho‘lpon” MFY, Pahlavon Maxmud 2-tor ko‘chasi, 7/1-uy manzilidagi “Eski mahalla binosi o‘rnida qayta qurish uchun” (qurilish osti maydoni uchun 0,05 ga yer maydoni) “Royal Residence” MCHJga ajratib berilgan.
Mazkur qarorga muvofiq, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi tomonidan 2025-yil 6-martda 1726-1726290-215871-sonli Arxitektura-rejalashtirish topshirig’i (ART) ishlab chiqilgan.
To‘plangan hujjat asosida, “SHARQEVROPROEKT” MCHJ loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari mutasaddi tashkilotlar, jumladan, hududiy Sanitariya-epidemiologiya xizmati, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hududiy Yong‘inga qarshi nazorat xizmati tomonidan berilgan ijobiy xulosalariga asoslangan holda, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik Kengashi ishchi organining 2025-yil 4-iyunda 193190772-sonli xulosasi bilan kelishib berilganligini ma’lum qilamiz.
Shuni ham taʼkidlab o‘tish joizki, yuqoridagi daraxtlarga bog‘liq vaziyat yuzasidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy boshqarmasiga murojaat qilish maqsadga muvofiqligini bildiramiz.


