Poytaxtimizning barcha go‘shalari kun sayin chiroy ochib dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Bugungi kunga kelib shahrimizning har bir tumanida sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish va yurtimizga tashrif buyuruvchi mehmonlarga qulaylik yaratish maqsadida, turizm ko‘chalari hamda 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi gastronomik ko‘chalar tashkil etib kelinmoqda.
Ana shunday ko‘chalardan biri, Olmazor tumani, «Hastimom» mahallasidagi Zarqaynar ko‘chasi bo‘lib, endilikda sayyohlarga zavq bag‘ishlovchi turizm ko‘chalaridan biriga aylangan.













