Milliy liboslarimiz bugungi kunga kelib zamonaviylik bilan uyg‘unlashib, kundalik hayotimizning bir bo‘lagiga aylanib bormoqda. Bu kabi tadbirlar asrlar osha davom etib kelayotgan milliy qadriyatlarini ommalashtirish, urf-odatlarimizni asrash, milliy liboslarimizni nafaqat an’anaviy kiyim sifatida, balki o‘zligimiz, tariximiz va an’analarimiz ramzi sifatida targ‘ib qilishga qaratilgan.
Bugun Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi jamoasi ham o‘z ish kunini milliy liboslar bilan qarshi olishdi.







