Haftaning har juma kunida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida milliy liboslar bilan uyg‘unlikda “Siyosiy ma’rifat soati” o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur tadbir davomida xodimlar yurtimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, xalqaro maydondagi kechayotgan voqealar va jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Bu kabi milliylik ruhidagi tadbirlar har bir davlat xodimlarining intellektual salohiyatini oshirish bilan birga milliyligimizni targ‘ib qilish hamda jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarga nisbatan ongli yondashuvni va yuksak siyosiy savodxonlikni shakllanishiga xizmat qiladi.








