Bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, xalqaro maydondagi kechayotgan voqealar va jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar har bir davlat xodimlaridan yuksak siyosiy savodxonlikni va chuqur salohiyatni talab etmoqda.
Ana shu maqsadda haftaning har juma kunida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida milliy liboslar bilan uyg‘unlikda “Siyosiy ma’rifat soati” o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur jarayonda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, dolzarb siyosiy jarayonlar hamda xalqaro maydonda yuz berayotgan yangiliklar haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bu kabi milliylik tadbirlari xodimning intellektual salohiyatini oshirish bilan birga milliyligimizni targ‘ib qilish hamda jamiyatda yuz berayotgan jarayonlarga nisbatan ongli yondashuvni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.









