Bahor kelib kunlar isiy boshlagach, qurilish jarayonlari ham o‘z-o‘zidan ko‘payib, aholining qurilish bilan bog‘liq muammo va savollari ham ortib boraveradi. Ana shu savollarga oydinlik kiritish hamda o‘z vaqtida kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida kelgan 30 dan ziyod murojaatchilar bugungi qabulda jam bo‘lishdi.
Aholi tomonidan bildirilgan muammolar soha mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilib, 29 ta fuqaroga huquqiy tushunchalar hamda tegishli maslahatlar berilib, murojaatlarning ayrimlari tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yo‘naltirildi.








