21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan mamlakatimizda shaxmat va shashka sport turini yanada rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida ushbu sport turini ommalashtirish maqsadida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi xodimlari o‘rtasida “Sog‘ tanda – sog‘lom fikr” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda yoshlar o‘rtasida qizg‘in tarzda davom etgan sportning shaxmat va shashka turi bo‘yicha bahslar yakunlanib, birinchi bosqich g‘oliblari aniqlandi.
Bu kabi sport musobaqalari xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda jamoalarda sport madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.








