Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida aholi shikoyatlarini tinglash hamda ularga yechim topish maqsadida fuqarolar qabuli tashkil etildi. Unda tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan muammoli va yechimi vaqt talab etuvchi murojaatlar hamda loyiha hujjatlarini kelishish bo‘yicha aholi vakillarining 35 dan ziyod murojaatlari tinglandi.
Xususan bugungi qabuldagi asosiy murojaatlar aholi roziligisiz boshlangan qurilish ishlari, ruxsatnomalar berish tartibi, noturarni turar-joyga o‘tkazish talablari, konservatsiyaga tushgan hududlarni aniqlashtirish, shuningdek, yon qo‘shnilar o‘rtasidagi qurilish bilan bog‘liq kelishmovchiliklarga oydinlik kiritish maqsadida kelgan fuqarolar muammolaridan iborat bo‘ldi.
Mazkur jarayonda kelib tushgan murojaatlarning 5 tasi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, qolgan 30 tasiga huquqiy tushunchalar berildi, 3 ta fuqaroga kamchiliklarni bartaraf etgan holda, qayta elektron murojaat kiritishi lozimligi haqida tushuncha berildi.









