Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi sohasida shaffoflikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida maxsus so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Agar ushbu sohada korrupsiya holatlariga duch kelgan bo‘lsangiz yoki bunday vaziyatlar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lsangiz, maxsus o‘tkazilayotgan so‘rovnomada ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalaringizni bildirish orqali sohaning rivojlanishiga hissa qo‘shishingizni so‘raymiz.
Sizning ishtirokingiz tizimdagi ochiqlikni ta’minlash, shuningdek, korrupsiya xavfini kamaytirishga xizmat qiladi.


