Yonuvchanlik darajasi yuqori boʻlgan qurilish materiallaridan foydalanish boʻyicha ayrim cheklovlar belgilandi

O'qish kerak

Adliya vazirligi “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” shaharsozlik normalari va qoidalariga (SHNQ) oʻzgartirishlarni hisobga oldi (hisob raqami 391, 2026-yil 27-mart).

Unga koʻra, balandligidan kelib chiqib binolarni pardozlashda, yonuvchanlik darajasi yuqori boʻlgan qurilish materiallaridan foydalanish boʻyicha ayrim cheklovlar belgilandi.

Qurilish materiallari yonuvchanlik darajasiga qarab 4 ta turga boʻlinadi.

28 metrgacha boʻlgan binolarning fasad qismida faqat yonuvchanlik darajasi past (2–4) materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.

28 metrdan baland binolarda, balandligidan qatʼiy nazar taʼlim va tibbiyot tashkilotlarida yonuvchan materiallardan foydalanish taqiqlanadi.

Binolarning evakuatsiya yoʻllari (zinapoya, yoʻlaklar, hollar, chiqish yoʻlaklari) hamda yertoʻla va yarim yertoʻlalarda devor va shiftlarni bezashda yonuvchan materiallardan foydalanish cheklanadi.

Ushbu talablar yongʻin kelib chiqishi va tez tarqalishi xavfini kamaytirish hamda favqulodda vaziyatlarda fuqarolarning xavfsiz evakuatsiyasini taʼminlashga qaratilgan.

- E'lonlar -spot_img

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

- E'lonlar -spot_img
So'nggi xabarlar

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi Ochiqlik indeksida “yashil” toifadan joy oldi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2025-yilda davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligini baholashga...
- E'lonlar -spot_img

More Articles Like This

- E'lonlar -spot_img