Amir Temur (Amir Temur ibn Amir Tarag‘ay ibn Amir Barqul) – 1336-yil 9-aprel sanasida Shahrisabz, ya’ni qadimgi Kesh shahri yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida (hozirgi Yakkabog‘ tumani) tug‘ilgan va 1405-yil 18-fevralda Xitoyga yurishi chog‘ida O‘tror shahrida vafot etgan.
Amir Temur yengilmas sarkarda, kuchli markazlashgan davlat asoschisi, me’mor hamda o‘rta asrning yirik davlat arbobi sifatida ilm-fan va madaniyat rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk inson sifatida tarix zarvaraqlariga muhrlangan.
O'qish kerak


