Yurtimizda aholining og‘irini yengil qilish, sohaga oid muammolarini tinglash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida belgilangan muddatlarda hal etilishini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shu maqsadda har hafta tumanlar kesimida o‘tkazilayotgan Sayyor qabullar orqali mutasaddilar fuqarolarning murojaatlariga alohida e’tibor qaratib kelishmoqda.
Bugungu o‘tkazilgan Sayyor qabul Yangi hayot tumanidagi “Fayzli” MFY binosida tashkil etilib, unda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Bosh muhandis J.Rahimov, Toshkent shahar Kadastrlar palatasining hududiy boshqarmasi, Yangi hayot tumani qurilish bo‘limi mutaxassislari hamda mahalla fuqarilar yig‘ini raisi ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida hududda istiqomat qiluvchi 10 dan ziyod aholi vakillari ishtirok etib, qurilish, kadastr va hududdagi ichki yo‘llar kabi masalalarda o‘z muammolari bilan murojaat qilishdi.
Fuqarolar tomonidan koʻtarilgan masalalar, jumladan, tumandagi o‘zboshimchalik bilan egallagan yer maydonini qonun doirasida qanday xususiylashtirish mumkinligi haqida, yashash xonadonini qonuniy bo‘lish tartibi hamda kadastrga oid bir qator murojaatlar atroflicha koʻrib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyatiga huquqiy maslahatlar berilgan bo‘lsa, ayrimlariga tegishli tashkilotga murojaat qilishlari bo‘yicha maslahatlar berildi.








