Joriy yilning 24-fevral sanasida Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan yoshlar bilan bo‘lgan muloqotida belgilab berilgan ustuvor vazifalar va ilgari surilgan tashabbuslarida haftaning har payshanba kunini “Yoshlar kuni” deb e’lon qilish hamda tashkilotlarida yoshlar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil qilinib, ochiq muloqot o‘tkazib borish ta’kidlangan edi.
Shu maqsadda bugun Toshkent Shahar Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i v.v.b Yodgorbek Ikramov boshchiligida tashkilotda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbar va yoshlar” formatida tashkil etilgan mazkur uchrashuvdan maqsad, kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni o‘qitish va malakasini oshirish, sohaga oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.
Yoshlar bilan muloqot davomida o‘qishga ishtiyoqi baland yoshlar bilan suhbat qilinib, ularni qiziqishlaridan kelib chiqib oliy ta’lim dargohlariga hamda turli o‘quv kurslariga yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, yosh mutaxassislar o‘z faoliyatida uchrayotgan ayrim masalalar va takliflarini ham ochiq muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida har chorakda salohiyatli va ish faoliyatida ko‘rsatgan tashabbuslaridan kelib chiqqan holda rahbariyat tomonidan yosh hodimlar rag‘batlantirilishi qayd etib o‘tildi.





