Bugun poytaxtimizning barcha tumanlarida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida “Men ham ko‘chat ekaman” tashabbusiga start berildi.
Bektemir tumanida Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan “Yashil makon”aksiyasi doirasida hokimliklar, korxona va tashkilotlar bilan bir qatordaToshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi ham “Men ham ko‘chat ekaman” tashabbusida faol ishtirok etdi.
Keng koʻlamda boshlangan mazkur hashar ishlarida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasiboshligʻi v.v.b Yodgorbek Ikramov boshchiligidagi tuman qurilish boʻlimi xodimlari ham ertangi kuniga befarq boʻlmagan holda daraxt ekish jarayonida qatnashib, ushbu ezgu ishga oʻz hissalarini qoʻshishdi.








