Bugungi kunda shahrimizning barcha tumanlarida yangi bogʻlar barpo etish, koʻkalamzorlashtirish, atrof hududni obodonlashtirish va tozalash ishlari jadal ravishda boshlab yuborilgan.
Shu vaqtga qadar Bektemir tumanida 2000 dan ortiq daraxt koʻchatlari ekilgan boʻlib, har bir tashkilotning qoʻshgan hissalari tufayli bugun ekilgan daraxt koʻchatlarining soni 10 500 dan ziyodni tashkil etdi.
Bu kabi yaratilayotgan bogʻlar va yashil maydonlar tufayli goʻzal shahrimiz, mahalla va koʻchalarimizning ekologik vaziyati yaxshilanib, barchamizning musaffo havodan bahramand boʻlishimizga zamin boʻlib xizmat qiladi.








