“Tashkent Water Week 2026” forumi doirasida “Ayollar suv forumi haftaligi” tadbiri bo‘lib o‘tdi

O'qish kerak

Ta’kidlab kelayotganimizdek, “Tashkent Water Week 2026” nufuzli xalqaro forumi doirasida “Ayollar suv forumi haftaligi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdikarimova, Moskva davlat universiteti, iqtisod fanlari nomzodi, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi — Galina Viktorovna hamda Osiyo taraqqiyot banki mas’ul xodimi Baxodir Ro‘zixadjayev, Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Zokir Ishpulatovlar ochib berishdi.

So‘zga chiqqan tadbir mehmonlari hamda mas’ullar tomonidan iliq fikrlar bildirilib, ilk bor bunday mazmundagi tadbirlar turli tashkilotlardan kelgan 100 nafarga yaqin sohaga aloqador ayollarni birlashtirgani hamda ularning yurtimiz ravnaqiga qo‘shayotgan hissalari haqida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasida 2025–2030-yillar uchun qabul qilingan gender tengligi konsepsiyasi ayollar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi haqida mulohazalar yuritilib, har bir ayol o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqara olishlari, yetakchi va o‘zgarishlar tashabbuskoriga aylana olishlari uchun sharoitlar yaratilayotgani hamda boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi.

- E'lonlar -spot_img

JAVOB QOLDIRING

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

- E'lonlar -spot_img
So'nggi xabarlar

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi Ochiqlik indeksida “yashil” toifadan joy oldi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2025-yilda davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligini baholashga...
- E'lonlar -spot_img

More Articles Like This

- E'lonlar -spot_img