Aholi o‘z xonadonlarida qurilish va qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda albatta mutaxassis tavsiyalarga tayanadi. Bugun ham aholi o‘zlarini qiynayotgan savollarga javob olish va muammolariga yechim topish maqsadida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasida har hafta bo‘lib o‘tadigan fuqaro qabuliga yig‘ilishdi.
Xususan, hududlarda aholi roziligisiz qurilishi boshlangan obyektlardagi tadbirkorlar bilan bog‘liq kelishmovchiliklar, qurilishga ruxsatnomalar berish va loyiha hujjatlarini kelishish kabi aholi murojaatlariga tuman qurilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan huquqiy tushunchalar va to‘liq maʼlumotlar berildi.


