9-aprel — insoniyat tarixidagi eng katta imperiyalardan biri — Temuriylar imperiyasi asoschisi Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. U nafaqat harbiy sarkarda, balki bunyodkor sifatida ham tarixda iz qoldirgan. Amir Temur zabt etgan shaharlarida bunyodkorlikka qo‘l urgan.
Bu yil yurtimizda Buyuk davlat arbobi va sarkarda, ilm-fan, madaniyat va san’at homiysi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan bugun Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi hamda “ToshkentboshplanLITI” davlat muassasasi hamkorligida “Kuch — adolatdadir” deb nomlangan ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etilib, unda tashkilot mutasaddilari va xodimlari ishtirok etdi.
Dastavval tadbirni Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi o‘rinbosari – bosh muhandis Jasur Rahimov hamda “ToshkentboshplanLITI” DM me’mori Maxmud Musaevlar ochib berishdi va buyuk sarkarda Amir Temur kuchli markazlashgan davlat asoschisi bo‘lish bilan birga me’morchilikka qo‘shgan ulkan hissasi haqida ta’kidlab o‘tishdi.
Tadbirda mehmon sifatida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘lqin Xayit ishtirok etib, sohibqironning o‘rta asrlarda yirik davlat arbobi sifatida ilm-fan va madaniyat rivojidagi o‘rni to‘g‘risida so‘z yuritdi.





